Birinchi chorakda UzAuto Motorsning sof daromadi 75 foizga oshdi

2022-yilning birinchi choragida UzAuto Motors 619,6 mlrd so‘m sof foyda oldi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan qariyb 75 foizga ko‘pdir.

Yanvar-mart oylarida UzAuto Motors daromadi 8,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga (4,4 tlrn so‘m) nisbatan deyarli ikki barobar ko‘pdir.

Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi 2021 va 2022-yillarga nisbatan ikki baravar oshdi: 3,55 trln so‘mdan 7,2 trln so‘mga. Biroq kompaniyaning yalpi foydasi 1 trln 470 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 64 foizga oshgan.

Kompaniyaning yanvar-mart oylaridagi xarajatlari 7,6 trln so‘mni tashkil etdi. 143 mlrd so‘m daromad solig‘i to‘langan va bu 2021-yilning birinchi choragiga nisbatan 2,15 barobarga ko‘pdir.

Birinchi chorakda UzAuto Motorsnig sof foydasi 619,6 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 75 foiz kamroq — 352,29 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Uch oy davomida avtokonsern chiqaruvchisi 68 746 dona avtomobil ishlab chiqargan. 2021-yilda esa jami 236 667 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.