Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlanishiga bag'ishlangan matbuot anjumani

Tadbirda Bosh vazir o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari A. Voitovlar so'zga chiqdilar.

Matbuot anjumanida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining bir qator vakillari ishtirok etdi. Jurnalistlar bunday keng ko'lamli forum tashkil etish bilan bog'liq o'zlarini qiziqtirgan savollar va kutilayotgan natijalar haqida savollar yo'llashdi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumi 24-26 mart kunlari Tashkent City hududida joylashgan Congress Hall-da bo'lib o'tadi.