Birinchi yarim yillikda O'zbekistonda 209,2 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi

27-iyul kuni Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda davlat dasturining “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da 116 bandini ijrosini to'g'risida Vazirlar Mahkamasining hisoboti ko'rib chiqildi.

2021 yilning 30 iyun holatiga 209,2 ming yangi ish o‘rinlari yaratildi, 78,5 ming nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi, 24 mingdan ortiq fuqarolarga subsidiyalar ajratilgan.

Ta’kidlanganidek, Davlat dasturi 273 ta banddan iborat bo‘lib, uning ijrosi doirasida umumiy qiymati 29,5 trln so‘mga teng loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

2021 yilning birinchi yarmida Davlat dasturining 116 bandidan 89 ta band bajarildi.