Bishkekda «Qirgʼiziston – Oʼzbekiston» biznes-forumiga start berildi

Vazirlar Mahkamasi Raisi – Qirgʼiziston Prezidenti Аdministratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov yigʼilganlarga tabrik soʼzi bilan murojaat qildi. U mamlakatlar oʼrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuqori darajada ekanini taʼkidladi.
“Mamlakatlarimiz keng qamrovli savdo-iqtisodiy hamkorlikka erishish uchun boy salohiyatga ega ekanligini taʼkidlamoqchiman. Umid qilamanki, forum samarali boʼlib, mamlakatlarimiz oʼrtasidagi toʼlaqonli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ishonchim komilki, erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi yaqin kelajakda ikki davlatning savdo-iqtisodiy koʼrsatkichlariga taʼsir qiladi”, — deya ta’kidladi Oqilbek Japarov.
Biznes-forum Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida oʼtkazilmoqda. Forum doirasida 1,6 mlrd. dollarlik 10 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda.






