Bishkekdagi tadbirkor ayollar forumida Senat a'zolari ishtirok etmoqda

2021-yil 21-sentabr kuni Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyaning Bishkek shahriga rasmiy tashrifi boʼlib oʼtyapti, deb xabar bermoqda Senat matbuot xizmati.
Tashrif doirasida T.Narbayeva va Qirg‘iziston Respublikasi Jokorgu Keneshi Toragʼasi Talant Mamitov o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, mamlakatlar oʼrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
Xabarga ko‘ra, delegatsiya a'zolari “O‘zbekiston va Qirgʼiziston tadbirkor ayollari muloqoti” xalqaro biznes-forumida ishtirok etdi.
Bundan tashqari? senat a'zolari “Аta-Beyit” yodgorlik majmuasi, Qirgʼiziston xalq yozuvchisi Chingiz Аytmatov uy-muzeyiga tashrif buyurishi va uning qabriga gul qoʼyishi hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishi kutilyapti.






