Bitkoin narxi ikki yil ichidagi maksimal darajaga tushdi

Bitkoin narxi 16 000 dollardan arzonlashdi, bu 2020-yil noyabridan beri eng past ko‘rsatkich.

Kriptovalyutalarning qulashi ikkinchi kun davom etmoqda - investorlar FTX kripto birjasining mumkin bo'lgan qulashiga munosabat bildirishmoqda.

8-noyabr kuni eng yirik birja Binance strategik bitim doirasida FTX sotib olish niyatini e'lon qilgandi, ammo 9-noyabr kechasi u bitimdan voz kechganini e'lon qildi.

Binance'ning ushbu qarori Bitkoin narxining so'nggi ikki yil ichidagi maksimal arzonlashishiga sabab bo`ldi.

Binance bitimdan voz kechish to'g'risidagi qarorni mijoz mablag'lari bilan noto'g'ri ishlash haqidagi xabarlar va FTX'ga qarshi da'volarni tekshirib chiqganidan so'ng qabul qildi.