Biz doim bir-birimizga tayanch bo‘lishimiz, har qanday qiyinchilik va sinovlarni yelkama-yelka yengib o‘tishimiz lozim

Prezidentimizning Tojikistonga tashrifi doirasida Dushanbe shahridagi “Do‘stiy” maydonida Ismoil Somoniy haykali poyiga gullar qo‘yish marosimi bo'lib o'tdi.

Ko'hi Borbad san'at saroyida Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun Tojikistonning yuksak mukofoti - I darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlash tadbiri o'tkazildi. So'ng, O'zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturida iste’dodli san’atkorlar xalqlarimiz madaniyatining boyligi, o‘ziga xosligi va shu bilan birga mushtarakligini namoyish etdilar.