Biz doim hamkorlikka tayyormiz - Bekzod Mamatqulov

Bright Uzbekistan loyihasining muhim strategik hamkorlaridan biri, mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan BMB Za'faron brendi ostidagi shifobaxsh za'faron o'simligini yetishtiruvchi BMB Trade Group kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulovga jurnalning ilk soni taqdim etildi.

BMB Trade Group kompaniyasi so'nggi yillarda yurtimizda yuqori salohiyatli hamda yirik investitsion loyihalarni amalga oshirayotgan, 200 dan ortiq chet el kompaniyalari xizmatlaridan foydalangan, 40 ga yaqin mutaxassis va tahlilchilarga ega bo‘lgan investitsiyaviy va konsalting kompaniya hisoblanadi.

Kompaniyaning tashabbusi va harakatlari natijasida bugungi kunda umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarga yaqin qo‘shma investitsiya loyihalari ishlab chiqilib, iqtisodiyotining turli jabhalariga keng tatbiq etilmoqda.

Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev, taqdimot jarayonida loyiha istiqbollari hamda rejalari haqida so'z yuritar ekan, "Bu Prezidentimiz tashabbuslari bilan, O'zbekiston manfaati yo'lidagi loyihadir" - deya ta'kidladi.

Bekzod Mamatqulov jurnalni ko'zdan kechirib, juda sifatli hamda foydali, ma'lumotga boy bo'lganligini ta'kidladilar va kelgusi sonlarda yanada mustahkam hamkorlikda ishlash istagini bildirib o'tdilar.