Biz ijtimoiy tarmoqlar tufayli siyosat yoki diplomatiyada muvaffaqiyatga erishmadik – Erdo’gʼan

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’gʼanTvitterning avvalgi rahbariyati bilan bogʼliq muammolardan soʼng tarmoqning yangi egasi Ilon Mask bilan muzokara oʼtkazishni istisno qilmadi.
Ma’lum qilinishicha, avvalroq tarmoqda Erdogʼanni qoʼllab-quvvatlovchi heshteglar bloklangan yoki kun tartibidan olib tashlangan holatlar mavjudligi xabar qilingandi.Erdo’gʼanning Twitter bilan mumkin boʼlgan harakatlari haqida soʼragan muxbirga Turkiya yetakchisi:
“Аgar shunday boʼladigan boʼlsa, biz Ilon Mask bilan muzokara o’tkazamiz. Hech boʼlmaganda telefonda suhbatlashamiz. Twitter haqida ham, kosmos haqida ham suhbatlashishimiz mumkin. Lekin men avval aytganimdek, ijtimoiy tarmoq siyosiy maydon emas. Biz ijtimoiy tarmoqlar tufayli siyosat yoki diplomatiyada muvaffaqiyatga erishmadik. Siyosat toʼgʼridan-toʼgʼri xalq bilan va xalq uchun amalga oshiriladi. Аgar siz xalqingiz bilan samimiy aloqada boʼlsangiz, na Twitter, na boshqa kuchlar bunga aralasha olmaydi”,- deya javob bergan.






