Biz kutgandan-da a'lo jurnal bo'libdi - Deniz Bahçeci

Bright Uzbekistan loyihasining hamkorlaridan biri bo'lgan Dream City Development ofisining sotuvlar bo’limi direktorining o'rinbosari Deniz Bahçeci honimga jurnalning ilk son taqdim qilindi.

Uchrashuv davomida loyihaning kelgusi rejalari va istqibollari haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, Bright Uzbekistan jurnalining kelgusi soni Turkiya Respublikasiga bag'ishlanganidan Deniz honim mamnun bo'ldi.

Xabaringiz bor, Deniz Bahçeci loyihaning ilk soni uchun eksklyuziv intervyu bergan hamda Dream City Development qurayotgan inshootlar, ularning afzalliklari va qulayliklari haqida ma'lumot bergan edi.