Biz O'zbekistonda yanada katta loyihalarni amalga oshiramiz - Sinan Sarıkoç

12 aprel kuni Bright Uzbekistan asoschisi Davron Abdullaev boshchiligidagi delegatsiya, KOC Construction kompaniyasining Istanbuldagi bosh ofisida bo'lib, Sarıkoçlar oilasiga jurnalning yangi sonini taqdim etdi.
Taqdimot jarayonida Sarikoclar oilasining katta farzandi va kompaniya prezidenti Sinan Sarıkoçga va direktor o'rinbosari Yasin Uygirga loyiha mazmun mohiyati va rejalari so'zlab berildi. Jumladan KOC Construction kompaniyasining O'zbekistondagi ijobiy imidji va brend darajasiga ko'tarilgani ham ta'kidlandi.
Muloqot iliq va do'stona tarzda o'tdi va Sarıkoç oilasiga rasman jurnalning ikkinchi soni taqdim etildi.
Ma'lumot uchun Sarıkoç Group kompaniyasi 1969 yilda Istanbulda rahmatli Sefer Sarıkoç tomonidan asos solingan bo'lib hozirgi kunda ko'p tarmoqli holdingga aylanib ulgurgan.
Qolaversa KOC Construction Bright Uzbekistan jurnalining ikkinchi soni bosh homiysi hisoblanadi.






