Biz Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlari chegarasidagi vaziyatdan xavotirdamiz

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag'dod Amreyev qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyat haqida bayonot berdi
Biz Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasidagi vaziyatdan xavotirdamiz va qurolli toʻqnashuvlarni zudlik bilan toʻxtatishga va diplomatik muzokaralar yoʻli orqali vaziyatni tinch yoʻl bilan tartibga solishga chaqiramiz.
Turkiy Davlatlar Tashkiloti tinch aholiga qarshi harbiy qurol qo‘llanilishini qoralaydi va ikki qo‘shni mamlakatning davlat chegarasida keskinlikni yanada kuchaytirmaslik uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi.
Biz Qirgʻiziston Respublikasining vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz va Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro do’stlik, hurmat, yaxshi qoʻshnichilik va birga yashashga asoslangan muloqotini ma’qullaymiz.
Umid qilamizki, muzokaralar natijasida tomonlar kelgusida o‘zaro ishonchni mustahkamlash va nizolarning oldini olishga xizmat qiladigan zarur qadamlar qo‘yadi.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz va yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi - Bag'dod Amreyev






