"Biz tinchlik hukmron boʼlishini istaymiz" - Rajab Toyyib Erdo’g’on

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʼgʼon Аnqara Rossiya va Ukraina oʼrtasidagi munosabatlarni tartibga solishda vositachi boʼlishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
"Biz tinchlik hukmron boʼlishini istaymiz, Rossiya va Ukraina oʼrtasidagi tinchlik jarayoniga vositachilik qilishimiz ham mumkin", dedi Erdoʼgʼon juma namozidan keyin.
Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Putin bilan telefon orqali muloqot qilish va hatto Moskvaga tashrif buyurish imkoniyatlarini ham koʼrib chiqmoqchi.






