Biznes-ombudsmanning vakolatlari kengaytirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Biznes-ombudsmanga tadbirkorlarning huquqlarini buzgan davlat idorasi mansabdorlariga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha vakolat berish taklifi bildirilgan edi.
Xususiy mulkni himoya qilish bilan bog‘liq mazkur muammoli vaziyatlarlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga tadbirkorlar manfaatlari buzilishi holatlari bo‘yicha ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini berish belgilanmoqda.
Qonun qabul qilinishi xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash, davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqbuzarlik profilaktikasini kuchaytirishning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.






