Biznes sohasida ta'limni yaxshilash uchun "IT laboratoriyasi" ochildi

15-iyul kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida (SSP) O'zbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi "IT laboratoriyasi" ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Hindistonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat ishtirok etishdi.

Ushbu laboratoriya tadbirkorlik va biznes sohasida onlayn o'qitish jarayonini takomillashtirish uchun sharoit yaratish maqsadida ochilgan.

Eslatib o'tamiz, 2018-yilda Savdo-sanoat palatasida O'zbekiston-Hindiston tadbirkorligini rivojlantirish markazi ochilgan edi. Markazning asosiy faoliyati - O'zbekistonda tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlashdir.