Biznesni boshlash, moliyalashtirish, kreditlash va subsidiya

14 avgust kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida "Biznesni boshlash, moliyalashtirish, kreditlash va subsidiya" masalalari bo'yicha tuzilgan ishchi guruhi tomonidan bajarilgan natijalar bayonoti bo'lib o'tdi.

Takidlanishicha ishchi guruhga ta'luqli masalalar bo'yicha 7152 ta murojaat qabul qilindi va ularning 82 foizi hal etildi.

Murojaatlarning asosiy ulushi, ya'ni 6581 tasi individual harakterdagi masalalar, 538 ta tizimli va 33 ta boshqa turdagi murojaatlardir. 1304 ta muammo hal etish jarayonida ketmoqda.

Bank sohasiga oid kelib tushgan 5686 ta murojaatlar asosan 3 ta bank hissasiga to'g'ri kelmoqda:
- Xalq banki -1536 ta
- Agrobank - 621 ta
-Mikrokreditbank - 608 ta
- va boshqa banklarga - 2921 ta murojaat yo'naltirilgan.