Biznesning o'zgacha ifori

Tadbirkor ayol Gulchehra-begim Mahmudova, O'zbekistondagi Parfum Gallery do'konlar tarmog'i asoschisi, san'at tarixi fanlari nomzodi va yozuvchi Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev bilan uchrashuv o'tkazdi.
Do'stona suhbat shaklida va iliq muhitda bo'lib o'tgan uchrashuv davomida hurmatli Gulchehra-begim o'zining go'zallik sohasidagi 30 yildan ortiq tajribasi, sevimli ishi va oilasini qanday birlashtirish, biznesning baland pastliklari hamda O'zbekistonda yangi islohotlar orqali tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida qisqacha gapirib berdi.
Begim - O'zbekiston bozorida 150 dan ortiq dunyoga mashhur parfyumeriya, kosmetika brendlarining yagona rasmiy eksklyuziv distribyutori hisoblanadi. Bu Angliya, Shveytsariya, Fransiya, Amerika va boshqa mamlakatlari ommabop brendlaridir. Ammo eng muhimi, Gulchehra-begim o'zining "Begim" parfyumeriya brendini yaratib, "Treasure Collection Made in France" parfyumeriya to'plamini chiqarishdan faxrlanadi.
"Nihoyat, men o'z kasbim va biznes tajribamni yagona san'at asariga birlashtira oldim! Sharq ayollarining tug'ma donoligi bizga intuitiv ravishda faoliyat sohasini topishga turtki beradi, asosiysi o'zingizni ichki ovozingizni tinglash va shunda hamma narsa amalga oshadi! - deydi Gulchehra-begim Mahmudova The Mag jurnali uchun bergan intervyuda. - Barcha sa'y-harakatlarimda meni har doim ota-onam va turmush o'rtog'im qo'llab-quvvatlagan. Mening oilam, bolalarim, nabiralarim, aka — ukalarim va, albatta, mening ishim va men uchun ikkinchi oilaga aylangan jamoam menga Ilhom baxsh etadi!
Qolaversa, Gulchehra-begim Mahmudova o'zining trilogiyasi - Buxoro amirining yashirin xazinalari, Amir Temurning Mashhur yoquti va Kohinur olmosining tarixi kitoblarini, shuningdek, uch qismdan iborat "Zamon ruhi afsonasi" bolalar uchun ertaklar to'plamini taqdim etdi.
Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev loyiha haqida ma'lumot berdi, uning mohiyati, missiyasi va kelgusi rivojlanish rejalari haqida so'zlab berdi.
Tomonlar mamlakatimiz ravnaqi yo'lida o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirishdi.






