Blinken va Lavrov o'rtasidagi muzokara

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken oʻrtasida yangi muzokaralar kelasi haftada boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
“Biz rossiyaliklarning ushbu takliflar bo‘yicha ishtirok etishdan manfaatdor ekanligining ayrim belgilarini ko‘rdik, jumladan, Davlat kotibi Blinken va tashqi ishlar vaziri Lavrov yaqin haftada muzokaralar olib borishi mumkin”, — dedi Nuland.
26-yanvar kuni AQSh va NATO Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari boʻyicha takliflariga yozma javoblarni topshirdi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning javobi AQSh va uning ittifoqchilarining Rossiya harakatlariga oid xavotirlarini, “Rossiyaning mohiyati bo‘yicha xavotirlarini baholash va umumiy til topishimiz mumkin bo‘lgan sohalarda o‘z g‘oyalarini” o‘z ichiga oladi.






