BMB kubogiga qur’a tashlandi

Ma’lumki, BMB Trade Group kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan futbol bo‘yicha turnir tashkil etmoqda. Kubok musobaqalarida ishtirok etish uchun 32 ta jamoa ariza topshirdi.
13 sentabr kuni, poytaxtimizning Bunyodkor stadionida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shunday qilib jamoalar o‘z raqiblarini aniqlab olishdi. Kubok musobaqalari ertaga start oladi va o‘yinlar olimpiada tizimida o‘tkaziladi. Quyida juftliklar va bahslar anonsi bilan tanishishingiz mumkin.
Mazkur turnir tashkilotlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish va o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.






