BMB Trade Group Italiya bilan 3 million yevrolik shartnoma imzoladi

Joriy yilning 30-iyun kuni BMB Trade Group vakillari va italiyalik OPERA S.R.L. kompaniyasining hamkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha italiyalik mehmonlar Qashqadaryo viloyatining Baxmal tumanidagi za’faron plantatsiyalari bilan bevosita tanishib, BMB Trade Group va OPERA S.R.L kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 3 million yevroni tashkil etadigan muhim shartnoma imzolanganlar. Unga muvofiq, joriy yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida BMB Zaʼfaron brendi ostidagi za’faron mahsulotini Italiyaga eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’kidlanganicha, Jizzax viloyatida za’faron plantatsiyalarini tashkil etish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatimizning Italiyadagi Elchixonasining yaqindan bergan ko‘magi bilan amalga oshirildi.