BMB Trade Group kompaniyasi Taʼsis Kengashining kengaytirilgan yigʼilishi bo’lib o’tdi

Bugun, 4-oktabr kuni BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov boshchiligida Taʼsis Kengashining umumiy kengaytirilgan yigʼilishi o’tkazildi. Mazkur yig’ilishda, kompaniya faoliyatiga taalluqli bo’lgan qator masalalar ko’rib chiqildi. Shuningdek, yig’ilishda Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv Kengashi aʼzosi etib tayinlandi.

Shu bilan birga, BMB Trade Group kompaniyasi Bosh direktori lavozimiga Mirgʼulom Usmanov, kompaniya Bosh direktori oʼrinbosari – xalqaro munosabatlar, investitsiyalar va tijorat masalalari boʼyicha kompleks rahbari lavozimiga Xayrulla Nabijonov etib tayinlandi. Shuningdek, kompaniya tizimida bir qator hodimlar yangi lavozimlarga tayinlandilar.

Kompaniya Kuzatuv kengashi raisi tomonidan 2023-yilda kompaniya oʼz oldiga qoʼygan strategik maqsad va vazifalarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bilan chambarchas bogʼliqlikda olib borish zarurligi haqida toʼxtalib oʼtildi.

Yigʼilish davomida rahbariyat tomonidan kompaniya faoliyatida ish surʼatini oshirish, shuningdek, milliy brend hamda yetishtirilayotgan mahsulotlarni dunyo miqyosida yanada kengroq tanitish zarurligi ham taʼkidlandi.