BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan yetishtirilayotgan za’faron xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi

BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilayotgan za’faron Italiyaning Varese shahrida faoliyat olib boradigan “Analisi e Ricerche Chimiche” S.r.l. ilmiy tadqiqot markazi tomonidan atroflicha tekshiruvdan o'tkazildi.
Tahlillar natijasiga ko'ra Za'faron I kategoriyaga oid oliy navli mahsulot deb topildi. Bu BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning xalqaro maydondagi e’tirofidir.






