BMB Trade Group navbatdagi Za'faron turkumini Italiyaga eksport qildi

Eslatib o'tamiz, joriy yilda BMB Trade Group va Italiyaning Gesfarm & food kompaniyalari o'rtasida za'faron dorivor o'simligini yetkazib berish bo'yicha umumiy qiymati 15 mln. yevrolik eksport shartnomasini imzolagan edi.
Ushbu shartnoma doirasida 29 iyul kuni mahsulotning dastlabki turkumi Yevropaga jo‘natilgani haqida avval xabar bergilgan edi.
Jumladan, shu yilning 26 avgust kuni “BMB Zaʼfaron” brendi ostidagi mahsulotning 1,1 mln. yevroga teng navbatdagi turkumi Italiyaga eksport qilindi.
Za’faron mahsulotini Italiyaga eksport qilish marosimida BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv Kengashi Raisi Bekzod Mamatqulov, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i Shoxruh Tolibov, Qishloq xo‘jaligi vazirligining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Abduraxmanov hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining mas’ul xodimi Ulug‘bek Burhonovlar ham ishtirok etdilar.
Mazkur loyihani amalga oshirishda qo‘llab quvvatlayotgan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Tashqi ishlar vazirligiga hamda mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasiga BMB Trade Group kompaniyasi o‘z minnatdorchiligini bildiradi.






