BMB Trade Group va Lokomotiv RFK o‘rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi

Joriy yilning 15-aprel kuni BMB Trade Group bosh direktori Mahmud Asamov va “Lokomotiv” RFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan bir qatorda mahalliy hokimiyat organlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar va biznes tuzilmalari ham ishtirok etishdi.

Unda Titul homiylik shartnomasi imzolanib, marosimida BMB-Opera Zafferano O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi bosh direktori Aziz Mamatqulov va “Lokomotiv” RFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov ishtirok etdi.

Ajratilgan mablag‘lar poytaxtning “Lokomotiv” futbol klubining moddiy-texnikaviy, ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonlari sifatini ta’minlash, bolalar futbolini rivojlantirish, shuningdek, futbolni aholi o‘rtasida faol targ‘ib qilish va ommalashtirishga yo‘naltiriladi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda “Lokomotiv” futbol klubi shonli tarixga ega, qolaversa, ulkan salohiyatga ham ega – klub futbol bo‘yicha milliy superliga yetakchilaridan biri hisoblanadi.

O‘z navbatida, BMB Trade Group sarmoyaviy-konsalting kompaniyasi so‘nggi yillarda milliy futbol rivojiga katta e’tibor qaratib, mamlakatimiz va xorijda BMB milliy brendi ostida yuqori sifatli italyan Za’faronining yirik ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi sifatida o‘zini namoyon qildi. Imzolangan titul homiylik shartnomasi O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashish, milliy terma jamoa sportchilarini jamoaning respublika va xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorlashga xizmat qiladi.

Umuman olganda, BMB Trade Group va “Lokomotiv” PFK o‘rtasidagi hamkorlik yangi salohiyatli imkoniyatlarni ochish, shuningdek, klubning futbol an’analarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.