BMB Za'faron Ispaniya bozoriga kirib bormoqda

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi ko‘magida ishbilarmon doiralari bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar sirasida BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Madriddagi eng mashhur restoran tarmog‘laridan biri RCM Casa Ciriaco prezidenti janob Alfonso Delgado bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda yetishtirilayotgan va yuqori sifatga ega bo‘lgan BMB Za'faron mahsulotini ispaniyalik hamkorlarga taqdim etdilar. Ushbu mahsulot hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi va yuqori baholandi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra tomonlar O‘zbekistondan Ispaniyaga za’faron mahsulotini eksport qilishni tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.






