BMT Bola huquqlari qo‘mitasining O‘zbekiston uchun tavsiyalarini amalga oshirishdagi keyingi qadamlar

Bugun, 16-noyabr kuni Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BHT) qabul qilingan kun hamda O‘zbekistonning ushbu konvensiyaga qo‘shilganining 30 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda BMT Bola huquqlari qo‘mitasining O‘zbekiston uchun tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Senat raisi Tanzila Nabayeva raisligida o‘tgan tadbirda senatorlar va Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, Bola huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili, Inson huquqlari milliy markazi, vazirliklar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida qatnashgan UNICEF mintaqaviy direktori tavsiyalarni amalga oshirishda ikki muhim jihat, ya’ni parlament nazorati va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish muhimligini ta’kidladi.

BMT Bola huquqlari qo‘mitasi BHKning barcha tamoyillari va qoidalarini qonunchilikka kiritish va ularning tegishli organlar tomonidan amalda tadbiq etishni tavsiya qildi. Davra suhbati ishtirokchilari kamchiliklarni bartaraf etish va mamlakatda BHK ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish uchun bola huquqlari sohasidagi qonunchilik tashabbuslari va ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Hukumat vakillari BMT Bola huquqlari qo‘mitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha joriy rejalar bilan o‘rtoqlashdilar. Bunda kamsitmaslik, bolaning eng yaxshi manfaatlari, yashash, omon qolish va rivojlanish huquqi, bolaning qarashlarini hurmat qilish singari umumiy tamoyillarga e’tibor qaratildi.