BMT Bosh Аssambleyasi Oʼzbekiston Prezidentining navbatdagi tashabbusini qoʼllab-quvvatladi

BMT Bosh Аssambleyasi Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi muhim tashabbusini qoʼllab-quvvatladi. Tashkilotga aʼzo barcha davlatlar Oʼzbekiston tomonidan 40 ta mamlakat hammuallifligida ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlikni mustahkamlash toʼgʼrisidagi maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan maʼqulladi.
Ushbu rezolyutsiyani ishlab chiqish va unda ikki mintaqa muloqotining umumiy yondashuvlari, asosiy prinsiplari va yoʼnalishlarini mustahkamlab qoʼyish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil iyul oyida oʼtkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʼzaro bogʼliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi Toshkent konferensiyasida ilgari surilgan edi.
Shuningdek, hujjatda Prezidentimizning 2022-yilni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida "Oʼzaro bogʼliqlikni mustahkamlash yili" deb eʼlon qilish taklifi yuqori baholangan.






