BMT Bosh Аssambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari kengashidagi a'zoligini toʼxtatdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 7-aprel kuni Ukraina boʻyicha oʻtkazilgan maxsus sessiyada Rossiyaning Inson huquqlari kengashidagi aʼzoligini toʻxtatish toʻgʻrisidagi Gʻarb rezolyutsiyasini qabul qildi. Qarorni 93 ta davlat yoqlab, 24 tasi qarshi va 58 davlat betaraf ovoz berdi.

Hujjatni qabul qilish uchun ovoz berishda qatnashganlarning uchdan ikki qismining ovozi talab qilingan, betaraf qolganlar esa hisobga olinmagan. Shu tariqa, jami 117 delegatsiya “ma’qul” yoki “qarshi” ovoz bergan. 93 davlat - bu raqamning uchdan ikki qismidan ko'prog'ini tashkil etganligi sababli, qaror qabul qilindi.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi vakillari bunday qadamlarni siyosiy sabablar, BMT tizimi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblashlarini bildirgan edilar. Rossiyaning a'zoligini to'xtatib turish to'g'risidagi qaror faqat joriy rotatsiyaga, ya'ni 2023-yilda Rossiya Federatsiyasining kengashda amaldagi vakolat muddati tugaguniga qadar amal qiladi. Shundan so‘ng mamlakat a’zolikka qayta ariza topshirishi mumkin bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Gennadiy Kuzminning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasidagi a’zoligini muddatidan oldin tugatishga qaror qilgan.