BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi faoliyati yakunlandi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Bosh Assambleyaning 76-sessiyasini yakunladi. Shuingdek, Bosh Assambleyaning 77-sessiyasi bugun, 13-sentabr kuni ochiladi.
“Bo‘lajak sessiya xalqaro tizimni har qachongidan ham qattiq sinovdan o‘tkazadi. Biz barcha insonlar uchun yana-da yaxshi, yana-da tinch kelajakka yo‘l olishimiz mumkin”, – deydi Guterrish.
Ta’kidlanishicha, navbatdagi sessiyaga vengriyalik diplomat Chaba Kyoryoshi boshchilik qilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, 77-sessiyaning eng asosiy voqeasi 20-26-sentabrdagi Oliy daraja haftasi bo‘lib, sessiyaga qator davlat yetakchilari, hukumat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari keladi.






