BMT Bosh kotibi birinchi o'rinbosarining O'zbekistonga tashrifi

2022-yil 8-9-iyun kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o'rinbosari Amina Muhammad O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati va Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar, shuningdek, O'zbekistondagi yetakchi ayollar bilan uchrashuvlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan, Muloqotlarda O'zbekiston – BMT bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.






