BMT Bosh kotibi Turkiya Prezidenti bilan uchrashadi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish 25-aprel kuni amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’ladi.

Guterrish Turkiyada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashishni rejalashtirgan. Bo‘lajak muzokaralar mavzulari hali e’lon qilinmagan.

Shuningdek, 26-aprel kuni BMT Bosh kotibi Moskvaga tashrif buyuradi. U Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashadi va prezident Vladimir Putin tomonidan qabul qilinadi.

28-aprel kuni esa Guterrish Ukrainaga tashrif buyurib, tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba va prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazadi.