BMT Bosh kotibining oʻrinbosari o’zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlar ishlari agentligida ushbu martabali mehmon va faol, iqtidorli yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot shaklida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Amina J. Muhammed xonim Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish guruhi raisidir.

Uchrashuvning asosiy maqsadi, Oʻzbekistonda olib borilayotgan yoshlarga doir siyosat doirasida yangi loyihalarni jalb etish va bu loyihalarda BMTning hamda jahon hamjamiyatidagi koʻplab xalqaro loyihalarning oʻrnini kengaytirishdan iborat. Shular sirasiga quyidagilar kiradi:

• O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Davlat guruhi o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan bir qancha tadbirlarni amalga oshirish uchun Ish rejasi yoki Harakatlar rejasini ishlab chiqish,

• BMTning O‘zbekistondagi agentliklari doirasida yoshlarga asoslangan va maqsadli loyihalar sonini boyitish choralarini ko‘rish

• O‘zbekistonda volontyorlik bo‘yicha loyihalarni kengaytirish kabi masalalarni muhokama qilish.