BMT Ijrochi direktori bilan uchrashuv to'g'risida

2021-yilning 24-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh kotibi o'rinbosari, BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi Ijrochi direktori Gada Fathi Vali bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O'zbekiston bilan BMT UNP o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
BMT UNP rahbari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida atroflicha ma'lumot berdi.
Tomonlar giyohvand moddalar kontrabandasi, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga kelishib oldilar.
Mintaqaviy va xalqaro masalalar, xususan, Afg'onistondagi vaziyat bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi.






