BMT TD O'zbekistonni rivojlantirishga ko'maklashish masalalari muhokama qilindi

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT TD ma’murining yordamchisi hamda Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi uchun mintaqaviy vakolatxonasi direktori Miryana Spolyarich-Egger bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida: aholi bandligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, sud-huquq tizimini isloh qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Orol dengizi mintaqasini rivojlantirish bo'yicha umumiy qiymati 3,6 million dollarlik loyiha, shuningdek, "O'zbekistonda savdo muhitini rag'batlantirishga ko'maklashish" loyihasi masalalari ko'rib chiqildi.

Ta'kidlash joizki, BMT TD 1993 yildan beri mamlakatimizning ham davlat, ham nodavlat tashkilotlari uchun rivojlantirish hamkori sifatida hisoblanadi.