BMT Ukrainaga 50 million dollar ajratadi

Pul urushdan jabr koʼrgan ukrainaliklarga yordam koʼrsatish uchun BMTdagi hamkor nohukumat tashkilotlariga yoʼnaltiriladi.

Bu haqda BMT tizimining Ukrainadagi koordinatori Osnat Lubrani maʼlum qildi.

"Ehtiyojlar shunchalik kattaki, biz nohukumat tashkilotlar va BMT agentliklarini qoʼllab-quvvatlash uchun Ukraina gumanitar jamgʼarmasidan 50 million dollar ajratmoqdamiz. Bu bizning fondimiz hozirgacha taqdim etgan eng katta mablagʼdir", deya ta'kidladi Lubrani.

Uning soʼzlariga koʼra, ajratilgan mablagʼ 2 million ukrainalikka yordam koʼrsatishga sarflanadi.