BMT ukrainaliklarga gumanitar yordam ko'rsatish uchun 40 million dollar ajratadi

“BMT ukrainaliklarga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg‘armasidan yana 40 million dollar ajratadi” – BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

"Bugun men e'lon qilamanki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg'armasidan aholining eng zaif qatlamlariga hayotni saqlab qolish yordamini ko'paytirish uchun qo'shimcha 40 million dollar ajratadi. Bu mablag' oziq-ovqat, suv, dori-darmonlar va boshqa hayot uchun zaruriy materiallarni olib kelishga yordam beradi”, dedi Guterrish.