BMT Xavfsizlik Kengashi yangi tarkibda yig'ildi

BMT shtab-kvartirasida Xavfsizlik Kengashining yangi saylangan besh nafar nodoimiy aʼzolariga tantanali ravishda bayroq koʻtarish marosimi o’tkazildi. Joriy yilning 1-yanvaridan boshlab Malta, Mozambik, Shveytsariya, Ekvador va Yaponiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari o‘rinlarini egalladi. Ularning vakolat muddati ikki yil.
Ma’lum qilinishicha, Yaponiya yanvar oyida Xavfsizlik Kengashiga raislik qildi.
Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki, Xavfsizlik Kengashi 15 ta davlatdan iborat bo'lib, ulardan beshtasi Kengashning doimiy a'zolari va veto huquqiga ega - Rossiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya. Kengashning 10 nafar doimiy boʻlmagan aʼzosi esa, ikki yil muddatga saylanadi. Ulardan beshtasi har yili o’zgaradi.
Malta, Mozambik, Shveytsariya, Ekvador va Yaponiya 2021-yilda saylangan doimiy boʻlmagan Kengash aʼzolari – Albaniya, Gabon, Gana, Braziliya va Birlashgan Arab Amirliklari qatoriga qoʻshildi. Yangi saylangan doimiy bo'lmagan a'zolar Hindiston, Irlandiya, Keniya, Meksika va Norvegiya o'rnini egalladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga ko'ra, Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun asosiy mas'uliyatdir. Bu BMTning yagona organi boʻlib, qarorlari tashkilotning barcha aʼzolari uchun majburiydir.
P.S. Rasmiy bayroq koʻtarish marosimi BMTda ilk bor 2018-yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan o‘tkazilgan edi.






