BMW Rossiyada avtomobil ishlab chiqarishni to'xtatganini e'lon qildi

Kompaniya ishlab chiqarishni to’xtatishga sabab bo’layotgan omil sifatida Rossiyaning Ukrainaga nisbatan “tajovuzkorligi”ni va Ukrainadagi ba’zi zavodlarning yopilishi tufayli avtomobil ishlab chiqarishda ehtiyot qisimlarini yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolarni qayd etdi.

"Mavjud geosiyosiy vaziyat tufayli BMW Group Rossiya bozoriga yetkazib berishni, shuningdek, mahalliy avtomobillarni ishlab chiqarishni to'xtatmoqda", - deb tasdiqladi BMW matbuot xizmati Forbes nashriga. Vaziyat rivojidan kelib chiqqan holda keyingi qarorlar qabul qilinadi, deya qo'shimcha qildi ular.