BMW va Volkswagen Yevropadagi zavodlari faoliyatini to‘xtatdi

BMW va Volkswagen Ukraina korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlar taqchilligi sababli Yevropadagi zavodlarining faoliyatini to‘xtatdi.

Germaniyaning Volkswagen va BMW avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yevropadagi faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar beradi Financial Times. Qaror elektr kabellari ishlab chiqaradigan zavodlarning yopilishi munosabati bilan qabul qilingan.

AutoAnalysis ma'lumotlariga ko'ra, Ukraina Yevropa elektr kabeli yetkazib berishning taxminan beshdan bir qismini tashkil qiladi. Qolganlari esa Sharqiy Yevropa va Shimoliy Afrikaning boshqa qismlaridan yetkaziladi.

Volkswagen rahbari Gerbert Diessning gazetaga aytishicha, kompaniya Ukrainada "operatsiya" boshlanganidan buyon ehtiyot qismlar ishlab chiqarishning muqobil variantlarini ishlab chiqmoqda. Ammo murakkab logistika sababli, ishlab chiqarishni amalga oshirish qiyin kechmoqda.

Rossiyaning Ukrainada 24-fevralda boshlangan “harbiy amaliyoti” fonida ko‘plab G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi, xorijiy kompaniyalar Rossiya bozorini tark eta boshladi. Ishlab chiqarish to'xtatildi yoki Rossiyaga yetkazib berish cheklandi, shu jumladan avtomobil ishlab chiqaruvchilari: Jaguar Land Rover, Harley-Davidson va MAN kabi korxonalar ham ushbu mamlakatda faoliyatini to’xtatdi.