Boburjon Omonov – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oltin medal sohibi

Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida, hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon 14.06 metr natija qayd etdi.

Ta’kidlash kerakki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord o‘rnatgan edi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.