“Boeing 737 Max”da muammolar aniqlandi

Yaqinda qurib mijozlar xizmati uchun topshirilgan «Boeing 737 Max» samolyotlarining yuzdan ortig‘ida elektr qisqa tutashuvi muammolari aniqlandi. Hozirda ushbu samolyotlardagi muammolar bartaraf etilmas ekan, ularga reyslarni davom ettirishga ruhsat berilmaydi.

 

Aniqlanishicha, ishlab chiqarishni tezlashtirish maqsadida samolyot yig‘ish texnologiyasi o‘zgartirgandan so‘ng, uzilishlar yuzaga keldi.

 

AQSh federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) Boeingdan 737 Max samolyotlarida elektr qisqa tutashuv muammolar bilan bog‘liq tahlil va hujjatlarni talab qildi. FAA, ushbu reaktiv samolyotlar quyi tizimlarida aniqlangan muammolarga qayta duch kelmasligini tasdiqlashini istaydi, deya xabar beradi Reuters axborot agentligi. 

 

"Biz FAA va mijozlarimiz bilan «737 Max»da elektr qisqa tutashuv muammosini hal qilish uchun yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz", dedi Boeing vakili. FAA vakili esa, "Biz Boeing bilan ishlashni davom ettirmoqdamiz", deb javob berdi.