Bogʼchalarda ham navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinadi

Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin koʼpayishiga yoʼl qoʼymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinadi.






