Boks: Yigitlarimiz ham U-22 Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Bugun musobaqa doirasida yigitlar oʻrtasida final bahslari boʻlib oʻtdi. Final bahsida 10 nafar bokschimiz ringga koʻtarildi. Ularning toʻqqiz nafari gʻalaba qozonib, oltin medalga sazovor boʻldi.
Bitta bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana bir nafar bokschimiz bronza medalini qoʻlga kiritgan edi. Umumiy hisobda 11 ta medalning 9 tasi oltin.






