Bokuda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Hisob palatalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Kuni kecha O‘zbekiston elchisi Baxrom Ashrafxonov Ozarbayjon Hisob palatasi tashkil etilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.
Tadbirda Ozarbayjon va xorijiy davlatlarning rasmiy, siyosiy, ilmiy va akademik doiralari vakillari ishtirok etdi.
Bayram tadbirlari doirasida Ozarbayjon Hisob palatasi raisi Vyugar Gulmamedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda ikki mamlakat Hisob palatalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ozarbayjon Hisob palatalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi darajasiga yuqori baho berildi va ularni yanada faollashtirish, jumladan, qonunchilik bazasini kengaytirish orqali kompleks tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.






