Bolalar shifoxonada davolanayotganida ota yoki onasiga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi

Uch yoshga to‘lmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha qarovga muhtoj bo‘lgan katta yoshdagi kasali og‘ir bolalar statsionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a’zosiga davolash muassasasida uning yonida birga bo‘lishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.