Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif Bishkek shahriga keldi

Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatining xabariga ko’ra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonga keldi.

Oliy martabali mehmonni “Manas” xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov kutib oldi.

Safar doirasida Abdulla Aripov Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hukumat delegatsiyalarining qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma majlisida ishtirok etadi hamda Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashadi.