Bosh vazir Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig'ilishida so'zga chiqdi

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig'ilishida ishtirok etish uchun Qirg'izistonga kelgan.
Bosh vazir Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig'ilishida so'zga chiqdi.
Nutq boshida Aripov Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarovga mehmondo'stligi va tadbirni yuqori darajada tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirdi hamda Qirg'iziston xalqini mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi.
Aripov O'zbekiston EAES mamlakatlari bilan kuzatuvchi davlat maqomida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berayotganini alohida ta'kidladi. Shuningdek, so'nggi yillarda respublika tashkilotga a'zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va sanoat-kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirishga qaratilgan tizimli hamkorlikni yo'lga qo'yishga muvaffaq bo'lganini ta'kidladi.






