Boshqa viloyatlarda dars beradigan o'qituvchilarning ish haqi ikki barobarga oshdi

Ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilingan.
Mazkur qarorga muvofiq o'qituvchilarga quyidagi vaziyatlarda bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar beriladi:
-bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
-boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.
Aytish kerakki, ushbu farmon ta’lim sifati past maktablarda ta'lim tizimini rivojlantiradi.






