Botir Qurbonov:
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalarining faqat emlangan xodimlariga soat 20:00dan keyin ishlashga ruxsat beriladi, deya xabar qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari Botir Qurbonov.
-O'z xodimlarini emlashni yetarlicha taʼminlagan, yaʼni oʻzining jamoasida jamoa immunitetini shakllanishiga erishgan oshxona, restoran, kafe, tungi klub va boshqa bir qator aholiga xizmat koʻrsatish obʼyektlariga cheklangan muddatdan tashqari ishlashga ruxsat beriladi.
Mutaxassis, shuningdek, emlashdan bosh tortgan umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlariga mehnat qonunchiligiga muvofiq soat 20:00dan keyin ishlash taqiqlanganligini qo'shimcha qilib aytdi.