Braziliya prezidentligiga nomzod

Braziliyaning amaldagi Prezidenti Jair Bolsonaru Rio-de-Janeyrodagi Liberal partiyaning qurultoyida respublika rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun rasman o'z nomzodini ilgari surdi.
Bolsonaroning raqibi respublikani 2003-yil 1-yanvardan 2010-yil 31-dekabrgacha boshqargan Lula da Silva bo‘ladi. U o‘tgan hafta o‘z nomzodini taqdim etdi.
Prezidentlik saylovining birinchi bosqichi 2022-yil 2-oktabrda bo‘lib o‘tadi.






